AKT va elektron tizimlar bo'yicha malaka oshirish kursi.
Kuni kecha joriy yilning 10-dekabr kuni "Raqamli Iqtisodiyotni rivojlantirish markazi" tomonidan Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 6079-sonli farmoniga asosan, elektron tizimlar bilan faoliyat yuritayotgan barcha idora-tashkilot hodimlari uchun malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi. O'quv-amaliy malaka oshirish seminari Xorazm viloyatida axborot texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida idora va tashkilotlarda "edo.ijro.uz", "lawyer.ijro.uz", "e-huquqshunos", "e-murojaat.uz", "e-xat" himoyalangan elektron pochta tizimi va boshqa sohaviy axborot tizimlarida sifatli ishlashini ta'minlashga qaratilgan. O'quv-amaliy seminari savol-javoblarga boy bo'lib qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Seminar so'ngida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.