"raqamli Iqtisodiyotni Rivojlantirish " markazi tomonidan AKT va elektron tizimlar bo'yicha malaka oshirish kursi.



Joriy yilning 12-noyabr kuni "Raqamli Iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ tomonidan Xorazm viloyati hokimining birinchi o'rinbosari M. Ochilovning 02-7-/523-son qaroriga asosan, elektron tizimlar bilan faoliyat yuritayotgan barcha idora tashkilot hodimlari uchun malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi. O'quv-amaliy malaka oshirish kursi Xorazm viloyatida axborot texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida idora va tashkilotlarda "edo.ijro.uz", "lawyer.ijro.uz", "e-huquqshunos", "e-murojaat", "e-xat" himoyalangan elektron pochta tizimi va boshqa sohaviy axborot tizimlarida sifatli ishlashini ta'minlashga qaratilgan. O'quv-amaliy seminari savol-javoblarga boy bo'ldi. Seminar so'ngida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.